«Inter» futbolchisi qishda jamoani tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

«Inter» hujumchisi Aleksis Sanches hozirgi jamoasini tark etishga yaqin, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport. Manbaga ko'ra, milanliklar rahbariyati futbolchini yanvar oyida tekinga qo'yib yuborishga tayyor.
Ma'lum bo'lishicha, «Inter» futbolchining doimiy jarohatlaridan norozi. Shuningdek, klub maoshni tushirmoqchi, chililik esa yiliga etti million evro oladi, bu ham milanliklarga to'g'ri kelmaydi.
Eslatib o'tamiz, Sanches 2020 yilda «Inter»ga o'tgan edi. Bu mavsumda u 23 daqiqani maydonda o'tkazib, faqat bitta o'yinda ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245