Mbappe atrofidagi vaziyat keskinlashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341

"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.
Insayder Fabritsio Romano xabar tarqatishicha, frantsiyalik futbolchining atrofidagi vaziyat tobora keskinlashib boradi. "PSJ" Kilian bilan shartnoma uzaytirish harakatlarini to'xtatmayotgan bo'lsa, Mbappe hozircha "taslim" bo'lmayapti.
"Real" esa 22 yoshli futbolchini erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchi. Mbappening parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. U yanvar oyidan boshlab boshqa klublar bilan muzokara olib borish huquqini qo'lga kiritadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249