Menni Pakyao Filippin prezidentligiga o'z nomzodini qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Boks bo'yicha sakkiz vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Menni Pakyao Filippinning o'ng partiyasi «FDP — Laban» (Filippin demokratik partiyasi — xalq kuchi) tomonidan 2022 yilgi prezidentlik sayloviga nomzod sifatida ko'rsatildi.
42 yoshli Pakyao 2016 yildan buyon senatorlik lavozimida faoliyat yuritib keladi.
Avvalroq, bokschining sobiq promouteri Bob Arum Pakyao 2022 yilgi prezidentlik saylovida qatnashmoqchi ekanini ma'lum qilgandi. 2016 yildan beri Rodrigo Duterte Filippin prezidenti hisoblanadi.
Filippinda 2022 yilning 9 mayida prezident va vitse-prezidentlik saylovlari bo'lib o'tadi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko'ra Duterte prezidentlikka nomzodini qo'ya olmaydi. 8 sentyabr kuni Rodrigo Duterte vitse-prezidentlik uchun nomzodini qo'ymoqchi ekanligini aytib o'tdi.
Menni oxirgi jangini 22 avgust kuni kubalik Yordenis Ugasga qarshi o'tkazdi va hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub bo'ldi.
Pakyao professional ringda 70 ta jang o'tkazib, 62 marta g'alaba qozongan (39 nokaut), 8 marta mag'lubiyatga uchragan va ikki bor durang qayd etgan.

Bosh sahifaga
242