Messi «Lion»ga qarshi o'yinda engil jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi Frantsiya chempionatining 6-turi doirasida bo'lib o'tgan «Lion»ga qarshi bahsda (2:1) engil jarohat oldi.
"L'Equipe" tarqatgan xabarga ko'ra, argentinalik futbolchining chap oyoq tizzasi lat edi. Manbada aytilishicha, forvard aynan shu sababga ko'ra almashtirilgan. Messi dushanba kuni cho'loqlanib yurgan. U jamoaning seshanba kungi mashg'ulotda ishtirok etadimi yoki yo'qmi, hozircha aniq emas.
Eslatib o'tamiz, Messi kechagi uchrashuvnig 76-daqiqasida maydonni tark etar ekan, o'ziga qo'l uzatgan Maurisio Pochettinoning murojaatini javobsiz qoldirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190