Superliga. «Navbahor» avtogol evaziga «Turon»dan ustun keldi, AGMK Navoiyda ochko yo'qotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

O'zbekiston Superligasining 19-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv 20 sentyabr, dushanba kuni bo'lib o'tdi.
AGMK Navoiyda «Qizilqum» mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Ushbu durangdan so'ng «Qizilqum» 27 ochko bilan 7-o'ringa ko'tarilib oldi, AGMK esa 33 ochko bilan 3-o'rinni band etib turibdi.
Yaypanda bo'lib o'tgan o'yinda «Turon» — «Navbahor» uchrashuvida mezbonlar posboni Nizomiddin Ziyovutdinov o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. Ushbu gol o'yinda yagonaligicha qoldi va «Navbahor» 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
«Navbahor» ochkolari sonini 28 taga etkazib oldi va 6-o'ringa chiqdi. «Turon» esa 12 ochko bilan eng oxirgi o'rinda bormoqda.
Superliga, 19-tur bahslari
20 sentyabr, dushanba
«Qizilqum» — AGMK 0:0
«Qizilqum»: 1. Ignatiy Nesterov, 14. Fayzulla Qambarov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 75. Oleg Tolmasov, 21. Muhsin Ubaydullaev (18. Jasur Azimov 68), 6. Erkin Boydullaev, 8. Giorgi Kuxianidze (44. Humoyun Abdualimov 86), 17. Salim Mustafoev, 30. Elguja Grigalashvili (19. Jamshid Hasanov 80), 7. Islom Kenjaboev, 10. Mate Vatsadze.
AGMK: 35. Valijon Rahimov, 20. Mirg'iyos Sulaymonov (77. Dilshod Ahmadaliev 63), 8. Bobur Yo'ldoshev, 7. Sardor Rahmonov, 2. Akrom Komilov, 23. Yovan Jokich, 17. Sanjar Tursunov, 4. Mirjamol Qosimov (22. Sanjar Shoahmedov 63), 28.Shohruh Gadoev, (94. Elvin Fortes 82) 18. Aleksandr Kasyan (27.Martin Boake 76), 10. Husniddin G'ofurov (11. Murod Toshmatov 82).
Ogohlantirishlar: Ubaydullaev (47), Kenjaboev (55), Komilov (56), Rahimov (79), Yo'ldoshev (87).
«Turon» — «Navbahor» 0:1
Gol: 0:1 — 37 Nizomiddin Ziyovutdinov (avtogol).
«Turon»: 1. Nizomiddin Ziyovutdinov, 4. Asliddin Toshtemirov, 6. Sardor Abduraimov (23. Otabek Zokirov, 74), 7. Sunnatillo Abdullajonov (14. Doniyor Ismoilov, 73), 9. Humoyun Murtozaev, 10. Ixtiyor Toshpo'latov (43. Kim Bo Yong, 57), 18. Fozil Musaev (17. Muzaffarjon Muzaffarov, 85), 19. Vladislav Kasminin, 22. Abdulazizxon Abdurashidov, 55. Dayan Ponevich, 77. Bilolxon Toshmirzaev.
«Navbahor»: 1. O'tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 7. Azim Ahmedov, 9. Ivan Solovev (14.Kosta Guttiner, 63), 10. Quvondiq Ro'ziev (28. Ilhom Alijonov, 76), 17. Ehsoni Panshanbe (20. Ibrohim G'anixonov, 76), 19. Mirzohid G'ofurov, 22. Igor Golban, 24. Davron Hoshimov, 88. Boyan Naydenov, 95. Zabihillo O'rinboev.
Ogohlantirishlar: Abdurashidov (2), G'ofurov (51), Panshanbe (64), Kosta Guttiner (74), Naydenov (77), Musaev (80), Otabek Zokirov (90+1), Muzaffarov (90+5).

Bosh sahifaga
190