Seten «Barselona»dan yirik miqdorda kompensatsiya olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

"Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Kike Seten muddatidan avval iste'foga chiqarilgani uchun badal puli undirish maqsadida "ko'k-anorranglilar" ustidan sudga shikoyat kiritdi.
Catalunya Radio tarqatgan xabarga ko'ra, Seten "Barsa"dan 14 million evro undirmoqchi. Ushbu summa murabbiyning ikki yillik maoshi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, 62 yoshli mutaxassis o'tgan yilning 17 avgust kuni iste'foga chiqarilgan edi. U bilan shartnoma bir tomonlama bekor qilingan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194