«Milan» futbolchisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

«Milan» himoyachisi Simon Ker A Seriyaning 4 -turida «Yuventus» ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
32 yoshli futbolchining 36-daqiqada mushaklarining shikastlanishi tufayli Per Kalulu uning o'rniga maydonga tushirildi.
Ta'kidlash joizki, «Milan» safida allaqachon olti nafar jarohatlangan futbolchi bor: hujumchilar Zlatan Ibragimovich, Olive Jiru, himoyachi Davide Kalabriya, yarim himoyachilar Temue Bakayoko, Rade Krunich va Junior Messias.
Ma'lumot uchun, «Yuventus» 2 ochko jamg'argan holda 18-o'rinda bormoqda. «Milan» esa 10 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314