"Tottenxem" ustozi London derbisidagi mag'lubiyatga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

"Tottenxem" bosh murabbiyi Nuno "Chelsi"ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. U "BBC Sport"ga shunday deydi:
"Bu erda mag'lubiyatga ko'plab omillarni keltirish mumkin. Birinchi bo'lim yaxshi o'tdi. Biz unda tengma-teng o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi taymdagi jarima zarbasi va bu gol o'yinni o'zgartirdi. Hamma narsa raqibga o'tib ketdi. Ular o'yinni nazorat qildi. Murakkab o'yinda mag'lub bo'ldik. Jamoada ayrim muammolar bor. Bizga ishonch etishmadi".
"Shporlar" ikkita o'yindan buyon o'z darvozasidan 3 tadan jami 6 ta gol o'tkazdi. Ammo hali gol ura olgani yo'q. Ular keyingi turni safarda "Arsenal"ga qarshi o'tkazadi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294