"PSJ" sport direktori Messi haqidagi xabarlarni inkor etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

"PSJ" sport direktori Leonardo yaqin fursatlar ichida Fransiya matbuotida tarqalgan Messining maoshi haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini bildirdi. "L'Equipe" nashri bergan xabarda Messi "PSJ" bilan uch yillik bitim tuzgani va mana shu vaqt mobaynida jami 94 million funt maosh olishi haqida aytilgan.
Ammo braziliyalik rahbar bu xabarlarni rad etib, Messi Parijga 2 yillik shartnoma bilan kelgani, tarqatilgan xabarlar yolg'on ekanini ta'kidladi. "Bunday ma'lumotlar klubga hurmatcizlik sanaladi. Bizga bu narsa yoqmadi. Bu haqiqatdan juda uzoq va biz bunday narsalar bilan hisoblashmaymiz", — degan Leonardo o'z nutqida.
Avvalroq "PSJ" "Lion ustidan irodali g'alaba qilgani haqida xabar qilingan edi.
Manba: dailymail.co.uk
Bosh sahifaga
231