Kin: «Kecha yosh bolalarga qarshi kattalar o'ynadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Sobiq futbolchi Roy Kin «Tottenxem» - «Chelsi» o'yini (0:3) haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Taniqli mutaxassis mezbonlarning bunday mas'uliyatsiz o'yiniga bahona topmaslik kerak. Kinning so'zlariga ko'ra, futbolchilarni natija umuman qiziqtirmagan.
«Kecha yosh bolalarga qarshi kattalar o'ynadi. Men «Tottenxem»ning nega bunchalik yomon harakat qilganiga ishonolmadim.
Ha, shunday kunlar borki, mag'lubiyatga uchraysan. Biroq kecha yigitlarga shunchaki istak etishmadi. Biz buni ikkinchi, uchinchi gollar urilganida ko'rdik.
Bugun «shporlar»ga qaraganimda juda ham g'azablandim, ularda hech qanday xohish yo'q edi», - deydi veteran.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272