Messining jahlini chiqarishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Lionel Messi Frantsiya chempionatining 5-turidan o'rin olgan «Lion» bilan o'yinda (2:1) zaxiraga olinganidan norozi bo'ldi.
Argentinalik futbolchi 76-daqiqada maydonni tark etdi va parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga qo'l berishdan bosh tortdi. O'shanda hujumchi o'rniga maydonga himoyachi Ashraf Hakimi tushirilgandi.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Messi yozgi transferlar oynasida «Barselona»dan «PSJ»ga ko'chib o'tgandi. Bu mavsumda u parijliklar safida uchta o'yin o'tkazdi va foydali natija ko'rsata olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238