Sulsher "Vest Xem"ga qarshi bahsda jamoa tarkibidagi o'zgarishlarga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

"MYu" ustozi Ole-Gunnar Sulsher "Vest Xem" bilan bahsda jamoa tarkibidagi o'zgarishlarga izoh beradi. U Shveytsariyada maydonga tushgan Lindelyof, Van De Bek hamda Sancholar o'rniga Londonda Varan, Maktominay hamda Grinvudlar tushirildi:
"Skott doimo jismoniy jihatdan tayyor holda turadi. Albatta, biz uni jamoaga qaytishini kutayotgan edik. U orada bir necha haftani o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Jeydonni esa o'tgan o'yinda maydonga tushirgan edik. U hali jamoamizga yaxshi moslasha olgani yo'q. Shu sabab unga dam olish uchun imkon berdik. Biz unga ehtiyoj sezganimizda albatta maydonga qaytaramiz".
Londondagi bahsda "qizil iblislar" "bolg'achilarni 1-2 hisobida taslim etib, jadvalda yuqori o'rinlarni band etgan.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
312