Superliga. «Qo'qon-1912» penaltidan urilgan gol evaziga Bekobodda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Bekoboddagi "Metallurg" stadionida Coca Cola superligasining 19-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi. Maydonda turnir jadvalidagi qo'shnilar — "Metallurg" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari o'zaro kuch sinashdi.
o'yin shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tganiga qaramay, birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Dastlabki bo'limda har ikki jamoada ham ko'plab imkoniyatlar yuzaga kelgandi.
70-daqiqada hakam mehmonlar foydasiga penalti belgiladi. Penaltini esa Ivan Yosovich aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Qolgan daqiqalarda har ikki jamoada ham gol kiritish uchun yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Ammo ulardan samarali foydalana olmaslik oqibatida uchrashuv jamoamizning kichik hisobda g'alabasi bilan yakunlandi.
Coca-Cola Superliga, 19-tur
METALLURG – QO'QON-1912 – 0:1 (0:0)
Gol: Ivan Yosovich 70 (pen)
"Metallurg": 1. Akmal Tursunboev, 4. Odilbek Abdumajidov, 8. Salamat Kutibaev, 10. Shahzodbek Nurmatov (11. Ivan Nagaev – 67), 22. Shahzod G'ofurbekov, 28. Stanislav Andreev, 55. Akbarjon Ismatullaev, 70. Muhammad Isaev (48. Dilshod Rahmatullaev – 80), 80. Farruh Ibrohimov, 90. Abdurahmon Abdulhaqov (14. Abrorbek Toshqo'ziev – 67), 98. Damir Temirov (15. Zohid Abdullaev – 80).
“Qo'qon-1912”: 1. Muzaffar Abdullaev, 3. Bobur Akbarov, 4. Ilhom Vahobov, 5. Slavko Lukich, 7. Asadbek Sobirjonov, 11. Mo'min Meliev (10. Shohnazar Norbekov – 56, 8. Farhod Bekmurodov – 85), 15. Oybek Rustamov, 18. Anvar Xojimirzaev (9. Hamidullo Abduhamidov – 56), 20. Iqbol Malikjonov, 22. Muhammadanas Hasanov (13. Sardor Azimov -75), 33. Ivan Yosovich.
Hakamlar: Akobirxo'ja Shukurullaev, Bektursin Kannazarov, Jalg'asbay Sarsenov, Sultonmurod Abdurahmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Bosh sahifaga
141