«Manchester Yunayted» bu natija bo'yicha APLda tengsiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

«Manchester Yunayted» APLning 5-turida safarda «Vest Hem»ni mag'lub etdi (2:1). Bu Sulsher jamoasining mehmonda mag'lub bo'lmagan ketma-ket 29-o'yiniga aylandi.
Seriya 2020 yil fevral oyida «Manchester Yunayted» safarda «Chelsi» ni 2:0 hisobida mag'lub etgandan so'ng boshlangandi. O'shandan beri mankunianlar Premer-liganing safar uchrashuvida mag'lubiyatga uchrashmagan. Bu turnirning mutlaq rekordidir.
Eslatib o'tamiz, APLning 5-turidan so'ng Sulsher jamoasi 13 ochko to'plab, «Liverpul» bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi. Keyingi turda «Manchester Yunayted» o'z uyida «Aston Villa» bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173