Polsha angliyalik futbolchini mahalliylashtirish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

«Aston Villa»ning 24 yoshli angliyalik futbolchisi Metti Kesh Polsha terma jamoasi sharafini himoya qilishi mumkin. Bu haqda nufuzli jurnalist Fabritsio Romano o'z tvitterida xabar beradi.
Manba ta'kidlaganidek, futbolchining o'zi bu imkoniyatga ijobiy munosabatda bo'lgan. Mettining onasi ham polshalik hisoblanadi. Ayni paytda u Polsha pasportini olish jarayonini kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, bir kun oldin u Angliya chempionatining 5-turidan o'rin olgan «Everton» bilan o'yinda (3:0) bitta gol urgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi, futbolchining transfer narxi 22 mln evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
324