Kambodja shahzodasi Frantsiya klubini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Kambodja davlati shahzodasi Norodom Ranarit Frantsiyaning «Sent-Eten» klubini 100 million evroga sotib olmoqchi, deb xabar berdi La Parisien.
Manba bergan xabarga ko'ra, klub rahbariyati investorlarni qidirish uchun mas'ul bo'lgan firma tomonidan berilgan taklifga hozircha rasmiy javob bermagan.
Norodomning otasi Frantsiyaning sobiq prezidenti Sharl de Gollning do'sti bo'lgan va shahzodaning o'zi ham frantsuz madaniyati va futbolining ashaddiy muxlisi. U «Sent-Eten»ni sotib olgach, Frantsiya va Kambodja o'rtasidagi azaliy aloqalarni davom ettirishga umid qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340