Fernandino: "Hatto uning agenti shu erda edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 202

"Manchester Siti" klubi futbolchisi Fernandino uzoq muddatli sukunatdan so'ng, Ronaldu transferi haqida fikr bildirdi. U klub "Yuve"dan portugaliyalikni olib kelishga yaqin kelganini ta'kidladi.
Jamoa sardori bu haqda shunday deydi: "O'ylaymanki, Krishni olib kelish uchun bizda juda yaxshi imkon bor edi. Xatto uning agenti ham shu erda, klub qarorgohida bo'lgan. Biz esa bir qancha futbolchilarni shartnomalarini uzaytirish bilan band bo'lib qoldik. Ronalduning klubimizga kelmagani ko'plab muxlislarni va klub ichidagilarni ham xafa qildi, ularga ta'sir o'tkazdi. Oxirida u biz bilan bitim tuzmadi va shahrimizning qizil tomoniga yo'l oldi. Nima ham derdim, hayot davom etadi".
Eslatib o'tamiz, "shaharliklar" hafta o'rtasida Angliya liga kubogi doirasida "Uikomb Vonderers"ni qabul qiladi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
320