«Borussiya» yarimhimoyachisi Angliyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Jyud Bellingem Angliyaga qaytishi mumkin.
ESPN xabariga ko'ra, 18 yoshli ingliz futbolchisining transferiga «Liverpul», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha hisoblab chiqilgan. Uning transfer qiymati 55 million evroga baholanmoqda.
Ma'lumot uchun, Bellingem joriy mavsum etti o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260