"Real" futbolchilariga Mbappe haqida gapirish mumkin emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

"Real Madrid" rahbariyati jamoa futbolchilariga Kilian Mbappe borasida gapirish va uning transferini muhokama qilishni ta'qiqlab qo'ydi. "El Chiringuito" nashri xabariga ko'ra, Karlo Anchelotti shogirdlariga Mbappening klubga kelishi haqidagi munozaralarni ta'qiqlagan.
Bu haqda mashg'ulot yoki koridorlarda gapirishga ruxsat bermagan. Bu klub futbolchilarini har qanday keraktsiz chalg'ishlarini oldini olish va La liga hamda EChLga bor e'tiborini qaratishda yordam beradi.
"Qaymoqranglilar" amaldagi Jahon chempioni uchun 197 million funt taklif etgan edi, ammo u parijliklar tomonidan rad etilgan. Mbappe yangi mavsumda beshta o'yinda to'rtta gol hamda ikkita golli uzatma berishga muvaffaq bo'lgan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252