«PSJ» Messining maoshi borasidagi xabarlarga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

«Pari Sen-Jermen» sport direktori Leonardo jamoa hujumchisi Lionel Messining maoshi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Eslatib o'tamiz, matbuotda argentinalik futbolchining yillik maoshi 30 million evro ekani haqida yozildi.
"Bu yolg'on. Bu hurmatsizlik hisoblanadi va bu bizga yoqmadi. Shartnomaning muddati (3 yil) va maoshining miqdori nuqtai nazaridan bu xabarlar haqiqatan juda uzoq. Ma'lumotlarni sir saqlash borasida kelishuv mavjud. Ammo faqatgina shuni aytishim mumkinki, Messining shartnomasi 3 yilga mo'ljallanmagan", - dedi Leonardo "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258