"Liverpul" ustozi jamoa futbolchisi jarohat olganini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp jamoa kecha "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvdan keyin jamoa futbolchisi Tiago Alkantaraning jarohat olganini tasdiqladi. Ispaniyalik futbolchi o'yinning 61 daqiqasida tizzasidan shikast eb, maydonni tark etgan edi.
Uning o'rniga tushirilgan Nabi Keita esa, maydonda gol urishga erishgan. Klopp shunday deydi: "Bu o'yinda biz uchun yagona yoqmagan narsa bu Tiagoning jarohati edi. Umid qilamizki, bu jarohat jiddiy bo'lib chiqmaydi. U o'z oyog'ida kuchli og'riq his qilgan edi".
Mersisaydliklar keyingi o'yinni "Norvich"ga qarshi Angliya liga kubogi doirasida o'tkazadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269