«Atletik» hujumchisi La ligada g'aroyib natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Ispaniya La ligasining 5-turi doirasida bo'lib o'tgan «Atletiko» va «Atletik» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi.
Bilbaoliklar hujumchisi Inyaki Uilyams uchun mazkur bahs Ispaniya chempionatidagi ketma-ket 200-uchrashuv bo'ldi.
"Opta Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, 27 yoshli futbolchi 2016 yildan buyon La ligadagi birorta o'yinni o'tkazib yubormagan.
Ammo bu rekord emas. «Reala Sosedad»ning sobiq futbolchisi Xuan Antonio Larranyaga Ispaniya chempionatida ketma-ket 202ta bahsda maydonga tushgan.
Uilyams La liganing joriy mavsumida 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243