A seriya. «Atalanta» debyutantni kichik hisobda mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Italiya chempionatining 4-turi doirasida «Atalanta» safarda «Salernitana» klubi mehmoni bo'lib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona to'p 75-daqiqada Duvan Sapata tomonidan kiritildi. Bergamoliklar ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 7taga etkazib olishdi. A seriya debyutanti esa hali ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lmadi.
Italiya A seriyasi, 4-tur
Salernitana – Atalanta 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 75 Sapata.
Salernitana – Belets, Domber, Strannberg, Galolo (Bogdan, 68), Keshrida, Kulibali, Kulibali, Riberi (Obi, 46), Raneri (Yaroshinski, 61), Gondo (Bonatstsoli, 61), Jurich (Nvankvo, 74).
Atalanta – Musso, Toloi, Demiral (Gimshiti, 46), Palomino, Pashalich (Kopmeyners, 46), Mele, Froyler, Miranchuk (Ilichich, 46), Malinovskiy (Dzappakosta, 58), Gozens (Petstsella, 90), Sapata.
Ogohlantirishlar: Mele (16), Toloi (38), Jurich (45), Demiral (45), Malinovskiy (56), Raneri (60), Obi (73), Yaroshinski (86).

Bosh sahifaga
287