Abduxoliqovning goli «Energetik-BGU»ga g'alaba keltirdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Belarus chempionatining 23-turi doirasida «Energetik-BGU» klubi safarda "Torpedo-BelAZ" mehmoni bo'lib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni bahsning 29-daqiqasida Bobur Abduxoliqov urishga muvaffaq bo'ldi. Unga golli uzatmani o'zbekistonlik boshqa hujumchi Shahzod Ubaydullaev berdi.
Ushbu g'alabadan so'ng "talabalar" o'z ochkolarini 27taga etkazib, jadvalda 8-pog'onaga ko'tarilib olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308