La liga. «Atletiko» o'z uyida ochko yo'qotdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida «Atletiko» o'z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qilib, durangga imzo chekdi.
Madridliklar bundan 3 kun avval "Portu"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsini o'tkazishgani bois, bu safar ularda biroz toliqish sezildi. Birinchi bo'lim nisbatan xotirjamroq kechgan bo'lsa, ikkinchi taym hissiyotlarga boy bo'ldi.
Ayniqsa, bo'lim avvalida Anxel Korrea va Inyaki Uilyams qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Uchrashuvning 75-daqiqasida "Atletiko" hisobni ochishga yaqin keldi, ammo Markosa Lorentening zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytdi.
Keyin esa mezbonlar futbolchisi Joau Feliks bir daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Maydonda bir kishi ko'p bo'lib qolgan basklar g'alabani ilib ketishlari mumkin edi. Ammo Aser Vilyalibrening zarbasiga aniqlik etishmadi.
Ushbu durang tufayli "Atletiko" o'z ochkolarini 11taga etkazib, vaqtinchalik bo'lsa-da peshqadamga aylandi. "Bilbao" hisobida esa 9 ochko mavjud (4-o'rin).
Ispaniya chempionati, 5-tur
Atletiko – Atletik 0:0 (0:0, 0:0)
Atletiko – Oblak, Tripper (Mateus Kunya, 77), Savich, Ximenes, Ermoso, Lodi (Karrasko, 55), Kondogbia (Errera, 55), de Paul, Lorente, Grizmann (Suares, 55), Korrea (Joau Feliks, 60).
Atletik – Unai Simon, Lekue, Martines, Vivian, Balensiaga, Dani Garsiya (Sarraga, 87), Vensedor (Vesga, 80), Raul Garsiya (Uilyams, 63), Berenger, Uilyams (Vilyalibre, 63), Muniain (Morsilo, 81).
Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (30), Kondogbia (36), Joau Feliks (78), Savich (79), Uilyams (82), Mateus Kunya (89), Ximenes (90).
Chetlatish: Joau Feliks (78).

Bosh sahifaga
310