Biz keyingi bosqichdamiz!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Misr - O'zbekiston 1:2
Gollar: Husniddin Nishonov 2ʼ, Mustafa Eid 19ʼ, Anasxon Rahmatov 34ʼ.
Birinchi bo'limning boshidanoq futzalchilarimiz hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi.
O'yinning 2-daqiqasida Ilhom Hamroev to'pni Husniddin Nishonovga oshirdi, Husniddin esa uzoq masofadan zarba berib hisobni ochdi.
Uchrashivning 19-daqiqasiga kelib misrlik Mustafo Eid hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo'lim teng kurashlar bilan boshlandi.
34-daqiqada Mashrab Odilov tashlab began to'pni Anasxon Rahmatov super zarbasi bilan darvozaga joylab qo'ydi.
Ushbu hisob uchrashuv yakuniga qadar saqlanib qoldi va O'zbekiston futzal terma jamoasi guruhda 2-o'rinni egallab keyingi bosqichga yo'l oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338