Frantsiya chempionatida aktsiya: urilgan har bir gol uchun shifokorlarga pul beriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Frantsiya Professional futbol ligasi ushbu haftadagi o'yinlar orqali tibbiyot xodimlarini qo'llab-quvvatlash aktsiyasini o'tkazishga qaror qildi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Liga-1ning 6-turida va Liga-2ning 8-tur bahslarida urilgan har bir gol uchun Frantsiya futbol federatsiyasi hisob-raqamiga 500 evro o'tkaziladi. Ushbu mablag' esa koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot sohasi vakillariga beriladi.
Bundan tashqari, shifokorlarga hurmat ramzi sifatida klublarning barcha ijtimoiy tarmoqlardagi logotiplari oq rangli emblemaga almashtiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236