Eldor Shomurodov «Roma» – TsSKA uchrashuvi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

Kecha Konferentsiyalar Ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari doirasidagi «Roma» – TsSKA jamoalari o'rtasidagi bahs eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu haqida Rim klubi o'z ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar bermoqda.
«Bo'rilar» homiysi hisoblangan DigitalBits kompaniyasi tomonidan «Roma»ning har bir uchrashuvi eng yaxshi futbolchisi aniqlanib kelinmoqda. TsSKAga qarshi uchrashuvda terma jamoamiz a'zosi Eldor Shomurodov «Man of the Match» deb topildi. Manbada aytilishicha, ko'plab rimlik muxlislar «Roma»ning Konferentsiyalar Ligasi 1-tur uchrashuvi eng yaxshi futbolchisi deb aynan Shomurodovni e'tirof etishgan.
«Guruhdagi birinchi o'yinimizda g'alaba qozonish juda muhim edi. Juda xursandmiz, lekin endi biz keyingi o'yinga bor e'tiborimizni qaratishimiz kerak», - deydi Shomurodov maxsus sovrinni qabul qilib olgandan keyin.

Eslatib o'tamiz, «Roma» – TsSKA uchrashuvida mezbonlar yirik 5:1 hisobida g'alaba qozonishgan. Shomurodov esa Pellegrini va Abraxamning gollariga asistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
233