«Milan» himoyachisi bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
Daniyalik himoyachi Simon Ker «Milan» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda portugal insayderi Pedro Almeyda tvitterda ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, yangi shartnoma 2024 yilgacha imzolanadi. «Rossonerilar» va 32 yoshli futbolchi o'rtasidagi amaldagi kelishuv kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Kerning o'zi «Milan»da qolishni istaydi, shuning uchun muzokaralar muammosiz o'tishi kerak.
2020/21 yilgi mavsumda Ker «Milan» tarkibida barcha turnirlarda 39 o'yin o'tkazdi, 1 gol urdi va 2 golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uning hozirgi narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!