«Arsenal» Lyakazett borasida shoshilmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74
Londonning «Arsenal» klubi frantsiyalik hujumchi Aleksandr Lyakazett bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazmayapti, deb xabar beradi ESPN nashri.
Manbaga ko'ra, «kanonirlar» rahbariyati futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga shoshmayapti. Eslatib o'tamiz, frantsuz hujumchisining amaldagi bitimi bir yil o'tib yakuniga etadi. Shunday qilib, 2022 yilning yozida Aleksandr boshqa klubga tekinga o'tishi mumkin.
30 yoshli Lyakazett 2017 yildan buyon «Arsenal»da o'ynaydi. U klubda jami 172 ta o'yin o'tkazdi, 66 ta gol urdi va 28 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!