Deklan Raysning «Vest Xem» rahbariyatidan hafsalasi pir bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

«Vest Xem» yarimhimoyachisi Deklan Rays faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Independent nashri.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli ingliz futbolchisiga «Manchester Yunayted» da'vogarlik qilmoqda. «Qizil iblislar» futbolchini yozgi transfer oynasida asosiy maqsad qilib qo'ygan. Futbolchining o'zi «MYu»ning 100 million funtlik so'rovini rad etgan «bolg'alar» rahbariyatidan hafsalasi pir bo'lgan.
O'tgan mavsumda Rays APL doirasidagi 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 70 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294