"Inter Mayami" hujumchisi Messi haqida: "Leo bu sovrin hamma uchun birdek taaluqli ekanini aytgandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

Lionel Messining vatandoshi va sobiq jamoadoshi Gonzalo Iguain Argentinaning Kopa Amerikani yutgani haqida fikr bildirdi. U Messi uchun xursandligini aytib o'tdi:
"O'sha final bahsidan keyin men Messi, Di Maria hamda Otamendi bilan gaplashdim. Leo bu sovrin u erda bo'lmaganlar uchun ham birdek taaluqli ekanini aytganida men juda quvondim. Men ham avvalgi musobaqalarda chempion bo'lishga juda yaqin kelgan edim. Bunga qattiq harakat qildim, ammo iloji bo'lmadi. Men final bahsidan keyin o'zimda yo'q baxtiyor edim. Afsuski, hozirda men terma jamoaga qayta olmayman".
Shuningdek, 33 yoshli "Inter Mayami" futbolchisi Messini AQShga tashrifi haqida gapirdi. U bu haqda hali hech narsa aniq emasligini ma'lum qildi.
Manba: caughtofffside.com
Bosh sahifaga
325