Yana matematika yoxud bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi Misrga qarshi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Bugun Litvada davom etayotgan futzal bo'yicha jahon chempionatining 3-tur bahslari bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston terma jamoasi Misr futzalchilariga qarshi bahs olib boradi. Makur bahs vakillarimiz uchun juda ham muhim hisoblanadi. Sababi, terma jamoamiz joy olgan B guruhidan hali hech narsa hal bo'lmagan. Guruhda 6 ochko jamg'argan Rossiya futzalchilari muddatidan avval guruh masalasini hal qilgan. Misr va Gvatemala vakillarida esa 3 ochkodan mavjud. Agar, bugun Bahodir Ahmedov shogirdlari Misr ustidan yirik hisobda g'alaba qozonsa va parallel bahsda Rossiya Gvatemalani mag'lub etsa, futzalchilarimiz pley-off yo'llanmasiga ega chiqishadi. Shuning uchun bugungi bahsning ahamiyati juda mumhim.
O'zbekiston – Misr
Boshlanish vaqti: 20:00
«Avia Solyushns Grupp arena» (Vilnyus)

Bosh sahifaga
374