«Barselona» vitse-prezidenti: «Peres oldida shlyapamni echaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Moliyaviy masalalar bo'yicha «Barselona» vitse-prezidenti Eduard Romeu «Real» prezidenti Florentino Peres oldida shlyapasini echishga tayyorligini bildirdi.
«Ular haqiqatda Mbappe va Holandni sotib olishga qodir. «Real» — katta va juda kuchli klub. Agar biz so'nggi yillarda diqqatliroq bo'lganimizda xuddi ular kabi qudratli bo'lishimiz mumkin edi.
Florentino Peres klubni qanday boshqarayotganini ko'rib, uning oldida shlyapangni echging keladi. Moliyaviy va biznesga oid sohada hech kim mister Peresning oldiga tusha olmaydi. Uning ish yuritish uslubiga havas qilaman. Uni faqat olqishlashim mumkin», — deydi Romeu.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326