Ibrahimovich «Yuventus»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Italiya chempionatining 4-turi doirasida «Yuventus» va «Milan» jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.
«Rossoneri» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich ayni paytda individual dastur asosida shug'ullanmoqda. U mushagidan olgan jarohatidan tiklanmoqda. Katta ehtimol bilan u 19 sentyabr kuni bo'ladigan bahsni o'tkazib yuboradi.
"Milan" yarim himoyachisi Temue Bakayoko "Latsio"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi. U 3 oktyabr kuni «Atalanta»ga qarshi bo'ladigan o'yingacha tiklanishi mumkin xolos.
«Yuventus» o'yinchilari Federiko Keza va Federiko Bernardeski jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilishdi. Shu bois, ular «Milan»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishlari mumkin.
«Yuventus» – «Milan» bahsi 19 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Bosh sahifaga
322