OFK Kubogi-2021. «Nasaf» – «Mohun Bagan» uchrashuvini boshqaradigan hakamlar nomi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Qarshining «Nasaf» klubi OFK Kubogi doirasida 22 sentyabr kuni o'z maydonida Hindistonning nomdor jamoalaridan biri «Mohun Bagan» jamoasi bilan kuch sinashadi. Bahs 20:00 da boshlanishi belgilangan.
Uchrashuvni boshqarish suriyalik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Uchrashuv bosh hakami etib Hanna Hattab tayinlandi. Unga qanotlarda Ali Ahmad va Mazen Zazfunlar yordam berishadi.
Zaxira hakami sifatida Masud Tufaelie ishlaydi. Hakamalar ishini falastinlik Mahyub Sodiq nazorat qilib boradi. Uchrashuv komissari etib quvaytlik Fahad Al Barrak tayinlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
329