«Barselona» himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105
Himoyachi Ronald Arauxoning agenti va «Barselona» rahbariyati futbolchining shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlagani aytilmoqda.
Kataloniyaliklar o'yinchini klubda saqlab qolishmoqchi. Yangi shartnoma 5 yilga imzolanishi mumkin.
Arauxoning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 22 yoshli urugvaylik futbolchi Ronald Kuman jamoasining asosiy o'yinchilaridan hisoblanadi.
Transfermarkt saytida futbolchining narxi 25 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!