Falkao yangi jamoasida tanishtirildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

«Rayo Valekano» 16 sentyabr, payshanba kuni kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkaoni taqdimotini o'tkazdi. Yangi jamoasida 35 yoshli futbolchi 3-raqamda o'ynaydi.
«Rayo Valekano» 4 centyabr kuni Falkao bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. «Galatasaroy»dan ketgach erkin agentga aylangan kolumbiyalik bilan shartnoma bir mavsumga mo'ljallangan.
Turk klubidan tashqari, Radamel bundan oldin «Portu», «Atletiko», «Monako», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» sharafini himoya qilgan. Bu jamoalarning barchasida u 9-raqamda o'ynagan.


Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207