«Milan» futbolchisiga «Manchester Siti» va «Tottenxem» qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

«Milan» himoyachisi Teo Ernandes faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi todofichajes nashri. Manbaga ko'ra, futbolchiga «Manchester Siti» va «Tottenxem» klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, klublar qishda Ernandes bilan shartnoma tuzishga harakat qilishadi. Ushbu klublarga frantsuzning transferi 60 million evroga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ernandes 2019 yilda «Real»dan 21,5 million evro evaziga «Milan» futbolchisiga aylangandi. Bu mavsumda u barcha turnirlarda to'rtta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning milanliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali frantsuzni 50 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
368