O'zil uch yildan so'ng ushbu voqeani qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

Evropa Ligasi birinchi turi doirasida «Fenerbaxche» Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bilan durang o'ynadi - 1:1.
Bu erdagi asosiy voqelik sifatida Mesut O'zilning goli tilga olindi. Germaniyalik yarimhimoyachi uch yildan buyon Evropa yashil maydonlarida gol urmay kelayotgandi.
Kechagi goli o'z jamoasiga faqat durang olib keldi xolos. Shuningdek, bahs so'nggida «Fenerbaxche»dagi Pelkas penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Avvalroq, O'zilning jamoa rahbariyatidan noroziligi haqida xabar berilgandi. Aytilishicha, futbolchi tezroq jamoani tark etib, AQSh yoki Qatarga ko'chib o'tmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
365