"Arsenal" ustozi jamoa darvozaboni bilan bog'liq vaziyatga oydinlik kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa darvozaboni Bernd Leno faoliyati haqida fikr bildirdi. U bu haqda shunday deydi:
"Leno biroz charchagan bo'lishi mumkin. Ammo u jamoa ichida yuqori daraja va mavqega ega. U haqidagi xabarlar to'g'ri emas. Agar biz kuchli o'yin istasak, hammadan birday foydalanishimiz kerak. Bunda men hech kimni joyini kafolatlay olmayman. Hamma harakatiga yarasha rag'bat ko'radi".
Eslatib o'tamiz, "kanonirlar" o'zining keyingi o'yinini "Byornli"ga qarshi o'tkazadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
416