Mikael Sekeyra: «Futbolchilar ko'p narsalarni o'rganishdi, ular hali o'sish jarayonida»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra O'zbekiston chempionatining 18-turi doirasida bo'lib o'tgan "Surxon"ga qarshi o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda juda ham zo'r o'yin namoyish qildik, faqatgina gol etishmadi. Ikkinchi bo'limning dastlabki 20 daqiqaligida ham zo'r o'yin ko'rsatdik. Adolatli g'alabaga erishdik, deb hisoblayman. Yigitlar g'alaba uchun qattiq harakat qilishdi. Bu g'alaba jamoada ishlayotgan barchaniki.
Futbolchilar ko'p narsalarni o'rganishdi. Hali ular o'sish jarayonida. Ha, boshida qiynaldik. Mashg'ulotlarda futbolchilarning o'yin davomida vaziyatlarga qarab qaysi pozitsiyalarda o'ynashi uqtirib boriladi. Bu narsa o'z samarasini bermoqda", — dedi Sekeyra.

Bosh sahifaga
297