Konte: «Hakimi Madridga qaytishni orzu qiladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

«Inter» sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte «PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'tgan yili «Real» bilan ikkita o'yin Hakimiyga ta'sir qildi. Men o'sha uchrashuvlarni juda yaxshi eslayman, lekin u xatolarini tuzatdi. Hakimi Madridga asosiy futbolchi sifatida qaytishni orzu qiladi», – deydi Konte.
Hakimi 2017 yildan 2020 yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan, so'ngra «Inter»ga o'tgan. 2021 yil iyul oyida u «PSJ» bilan 2026 yilning yozigacha shartnoma imzoladi. Joriy mavsumda Hakimi 7 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356