Gari Nevill: "Bu mavsumda 4 jamoa APL chempionligi uchun kurashadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 255

«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Gari Nevill APL klublarining o'yinlarini baholadi.
«Men hech qachon Premer-ligada hozirgi top-4dan yaxshiroq bo'lgan to'rtta jamoani ko'rmaganman. Ehtimol, Angliyada dunyoning eng yaxshi to'rtta jamoasi bor.
«Liverpul» ning boshlang'ich tarkibi, agar futbolchilar yaxshi formada bo'lsa, shubhasiz, APLning eng yaxshi tarkibi. «Manchester Siti» ajoyib, «Chelsi» nihoyatda kuchli, «Manchester Yunayted» Ronaldu, Varana va Sanchoning kelishi bilan yuqorida aytilgan klublarga yaqinlashdi. Biz hech qachon to'rt jamoali chempionlik poygasini ko'rmaganmiz. Bu mavsumda shunday bo'lishi mumkin», - deya Gari Nevillning so'zlarini keltiradi The Independent nashri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359