«Barselona» hujumchisi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

«Barselona» va Daniya terma jamoasi hujumchisi Martin Breytveyt muvaffaqiyatli operatsiya qilishdi, deya xabar beradi Katadoniya klubi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, operatsiya shifokorlar Xuan Karles Monllau i Jordi Puchdellivol tomonidan o'tkazilgan. Futbolchi chap tizzasidagi patellofemoraldan aziyat chekayotgan edi.
Ma'lum qilinishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o'tgan. «Barsa» rhbariyati futbolchining tiklanish vaqtini aytmadi, ammo OAV ma'lumotlariga ko'ra, daniyalik to'rt oyni o'tkazib yuborishi mumkin.
Joriy mavsumda Breytveyt La Ligada 3 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356