Ronaldudan zarba qabul qilgan styuard-ayol o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310
Evropa chempionlar ligasi doirasida o'tkazilgan «Yang Boyz» – «Manchester Yunayted» uchrashuvida stadion xodimi sifatida ishlagan o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, o'yindan oldingi chigilyozdi mashg'uloti paytida Krishtianu Ronaldu tepgan to'p ayolning boshiga tegishiga oqibatida u erga yiqildi. Portugaliyalik futbolchi darhol uning yoniga keldi va ahvolidan xabar oldi.
«To'p boshimga tekkanida kuchli zarbani his qildim. Boshim aylanib erga yiqildim.
Keyin esa tepamda Ronaldu turganini ko'rdim. «Xudoyim, men o'ldimmi?», dedim. U esa: «Yo'q, yo'q. Uzr so'rayman. Ahvolingiz yaxshimi?», dedi.
Og'riq kuchli bo'ldi. O'zimda emasdim. Ronalduni ko'rganimdan keyin esa og'riq o'tib ketdi», – dedi styuard-ayol.
O'yin yakunlanganidan keyin Krishtianu «Stad de Syuiss» stadionida ishlagan ayolga o'z futbolkasini sovg'a qildi.