«Ayaks» futbolchisi Van Bastenning rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Amsterdamning «Ayaks» klubi hujumchisi Sebastyan Aller Chempionlar ligasi guruh bosqichida ajoyib debyut qildi.
«Sporting»ga qarshi safarda kechgan o'yinida (5:1) 27 yoshli frantsuz hujumchisi Portugaliya klubi darvozasiga 4 ta gol urdi. Chempionlar Ligasidagi bunday muvaffaqiyat debyutni avval «Milan» futbolchisi Marko Van Basten qayd etgan. Sobiq futbolchi 1992 yil 25 noyabrda bo'lib o'tgan «Gyoteburg»ga (4:0) qarshi birinchi o'yinida 4 ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Aller shu yilning yanvar oyida 22,5 million evro evaziga «Vest Xem»dan «Ayaks»ga ko'chib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241