Klopp eski shogirdini «Liverpul»da ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220

«Liverpul» yozgi transfer oynasida yangi markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Fichajes nashrining so'zlariga ko'ra, «qizillar» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda. Polshalik futbolchining nemis klubi bilan shartnomasi 2023 yilda tugaydi.
Klopp Robertning iqtidorini yaxshi biladi, chunki u futbolchi bilan «Borussiya Dortmund»da ishlagan va Levandovski bilan juda do'stona munosabatda bo'lgan.
Levandovskining yangi chempionatda kuchini sinab ko'rish istagini hisobga olsak, uning «Liverpul»ga o'tishi har ikki tomon uchun ham mukammal echim bo'lishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204