Boks. Jahon chempionati sovrindorlariga qanchadan mukofot puli berilishi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) Serbiyada o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining mukofot jamg'armasini e'lon qildi.
Tashkilot jahon chempionatining sovrin jamg'armasi uchun 2,6 million dollar ajratgan. Unga ko'ra sovrindorlar quyidagicha pul mukofotlariga ega bo'lishadi:
Oltin medal: 100 ming AQSh dollari
Kumush medal: 50 ming AQSh dollari
Bronza medal: 25 ming AQSh dollari.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 26 oktyabr - 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242