Saloh navbatdagi rekordni qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh kechagi bahsdan so'ng Stiven Jerrardning rekordini takrorladi.
Gap shundaki, misrlik futbolchi jamoasining Evrokuboklar doirasidagi «Enfild»da urilgan gollari soni bo'yicha StiviJining natijasiga etib oldi.
Chempionlar Ligasi yangi mavsum ilk bahsida «qizillar» o'z maydonida «Milan»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Saloh o'yinda gollardan biriga mualliflik qildi. Misrlik uchun bu «Enfild»da Evropa yashil maydonlarida urilgan 14-gol hisoblanadi.
«Liverpul»ning 29 yoshli hujumchisi bu borada Stiven Jerrardning natijasini takrorlashga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246